Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-10-27 13:54:02
  • 6 comments
Rasmiy munosabat!

Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan talabalar stipendiyasi va ijara shartnomasi toʻlab berilmayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabr “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 605-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent farmatsevtika institutida ijara shartnomasi  asosida yashovchi talabalarning murojaatlari har oyning yettinchi sanasiga qadar qabul qilinib, yigirmanchi sanasiga qadar ishchi guruh tomonidan o’rganib chiqiladi. Yigirmanchi sanadan boshlab, ishchi guruh xulosasi asosida buyruq rasmiylashtirilganidan so’ng, institut “Hisob-kitob bo’limi” tomonidan talabalarning bank plastik kartalariga oyma-oy ravishda ijara summasi to’lab boriladi. Toshkent farmatsevtika instituti joriy yilnig sentabr oyidan, oktabr oyiga o’tish davrida, bank xizmati “O’zbekiston Milliy Bank” bank plastik kartasidan, “Ipoteka bank” kartasiga o’tganligi sababli, ma’lum muddat talabalar stipendiyasi hamda ijara shartnomasi  asosida yashovchi talabalarning ijara to’lovlarini to’lab berish yuzasidan texnik uzilishlar yuzaga keldi va hozirda ushbu texnik uzilishlar bartaraf etilgan bo’lib, hozirda talabalar stipendiyasi hamda ijara to’lovlarining sentabr va oktabr oylari uchun belgilangan pullar  talabalarga tushirib berilganligini ma’lum qiladi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating