Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2023 yilning 10 aprel kuni soat 14:30 da Biotexnologiya kafedrasi “Dorivor o`simliklar biotexnologiya” mutaxassisligi 2-kurs magistr talabasi B.X. Axmedovning «Mutaxasislikka kirish» fanidan «Biotexnologiyada fermenylarning o`rni» mavzusida sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 1-kurs talabalariga ochiq darsi bo’lib o’tdi. Ushbu ma’ruzada “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri Usmanova Z.U. va kafedra hodimlari qatnashdilar. Ochiq mashg‘ulotda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan video ma’ruza usullaridan foydalanildi. Mavzu haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Dars yakunida talabalar bilimi savol-javob tarzida nazorat qilindi.
Xulosa qilib aytganda, B.X. Axmedov tomonidan o’tilgan amaliy mashg’ulot mazmun va sifati jihatidan barcha talablarga to‘liq javob beradi. Seminar qiziqarli muloqot va muhokama tarzida olib borildi.
«Biotexnologiya» kafedrasi