Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-02-17 09:16:25
  • 6 comments
Farmakognoziya kafedrasi assistenti Abdumajidova I.O. buyuk shoir tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

O‘zbekistonda har yili 14-fevralda buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuni adabiyot, fan va ta’lim
bayrami sifatida nishonlanadi.  Yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda ulug‘ bobomiz asarlari ta’sirining beqiyos o‘rnini
hisobga olib, “Farmakognoziya” kafedrasi assistenti Abdumajidova I.O. buyuk shoir tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir  o‘tkazdi. 
Farmatsiya yo’nalishi talabalari she’rlar, g‘azallar va ruboiylar o‘qib, shoir tarannum etgan ezgulik, insonparvarlik g‘oyalari asrlar davomida  osha
o‘z qadr-qimmati va ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladilar.


Taklif va mulohazalaringizni jonating