Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Joriy yilning 9 fevral kuni Farmakognoziya kafedrasi assistenti Ibragimova D.M. buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat
arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan tadbir o‘tkazdi. Unda “Sanoat farmatsiya”si fakulteti talabalari va
kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Kafedra mudiri Farmanova N.T. yig‘ilganlarni ulug’ allomamiz tavalludining
582 yilligi bilan tabriklab, ona tilimizga muhabbat tuyg’usi, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash, avvalo Navoiy ijodi
bilan qalbimizga kirib borishini ta’kidladi. Talabalar ham ulug’ shoir she’rlari va g‘azallarini o‘qib berdilar.