Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-11-26 09:09:31
  • 6 comments
85 yilligiga bag‘ishlangan “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: Muammolar va istiqbollar” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi!

🔰Kuni kecha, Toshkent farmatsevtika institutining navqiron 85 yilligiga bag‘ishlangan “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: Muammolar va istiqbollar” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi!

 

⚡️ Ushbu anjumanda  Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati xodimlari, Respublikamizning barcha viloyatlari va xorijiy mamlakatlarning tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Xususan,  Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya, Xitoy xalq respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, Belorussiya, Turkiya, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston respublikasi, Indoneziya, Bangladesh, Hindiston kabi davlatlardan 50 dan ortiq chet ellik mutaxassislar qatnashdilar.

 

✅ Anjuman Toshkent farmatsevtika instituti rektori, t.f.d. Kamal Saidakbarovich Rizayev, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari, t.f.d. professor, Amrillo Shodiyevich Inoyatov, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori farm.f.d., professor Igor Anatolevich Narkevich , O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Egamov Ulug‘bek Abduvaliyevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, akademik Abbasxon Sobirxonovich Turayev  va hurmatli mehmonlar qutlov kirish so'zlari bilan ochildi. 

 

Shundan so’ng, Institutda ko‘p yillardan buyon sidqidildan, samarali mehnat qilib kelayotgan quyida nomlari keltirilgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi boshlandi:

 

“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

 

1. Olimov Nemat Qayumovich – Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri

 

“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining Tashakkurnoma” si bilan taqdirlandi:

 

1. Usmanov Ulug‘bek Xusanovich – Farmatsevt kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani

2. Xashirbayeva Dinora Maxkambayevna – O‘zbek-Rossiya qo‘shma fakulteti dekani

3. Maksudova Firuza Xurshidovna – Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri

4. Chinibekova Nazira Kalmaxanovna – Organik sintez kafedrasi katta o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlanadi:

 

1. Tillayeva Gulnara Urunbayevna – Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi professori

2. Raximova Oygul Raxim qizi – Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti

3. Nurmatova Maloxat Ismatovna – Toksikologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi

4. Muxitdinova Kamila Shayaxmetovna – Farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti

5. Gaziyeva Aziza Sunnatovna – Analitik kimyo kafedrasi dotsenti

 

❇️ Qolaversa, Toshkent farmatsevtika institut rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev tomonidan Turkiya davlatining EGE universiteti rektori professor Nechdet Budak Toshkent farmatsevtika institutining Faxriy professor unvoni bilan,  xuddi shuningdek Toshkent farmatsevtika institutining Faxriy professor unvoni bilan EGE universiteti Farmatsiya fakulteti dekani Xande Gurer Orhan xonim ham taqdirlandi.

 

‼️Shuningdek, “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida tarmoqdagi bir qator yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda innovatsion yarmarka ham tashkil etildi va barcha seksiyalarda jami 200 ga yaqin ma’ruzalar tinglandi. Xalqaro miqyosda muhokama etilgan ushbu masalalar bugungi kun farmatsiya sohasida dolzarb bo‘lib, ular yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatishga, farmatsevtika sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga oid muammolarni hal etilishiga xizmat qiladi.

 

👉 @Farmatsevtika_Instituti👈

Taklif va mulohazalaringizni jonating