Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-02-03 16:07:55
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv-tajriba ishlab chiqarish kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-may kunidagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarori hamda sanoat korxonalariga yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash  maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2021-yil 2-fevral kuni talabalarni institut hududida ishlab chiqarish amaliyotini joriy etish uchun o‘quv-tajriba ishlab chiqarish kompleksining ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Alimov Anvar Valiyevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori, senator Sagdullaev Shomansur Shoxsaidovich, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Kariev Sardor Xikmatovich, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizatsiyasi va standartizatsiyasi Davlat markazi DUK direktori Qodirov Mirzoxidjon Muxtarovichlar tashrif buyurdi. Mazkur tadbirda markazning asosiy faoliyati haqida to‘xtalib, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda ko‘nikma berishi, bevosita institut xududidan chiqmagan holda amaliyot o‘tab farmatsevtik uskunalarni ishlatishni o‘rganishdan iborat ekanligili yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Ochilish marosimida jami 80 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir OAV larida, “O‘zbekiston 24”  kanali orqali keng yoritib berildi.

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating