Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-03-29 13:43:01
  • 6 comments
Toshkent Farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor- o’qituvchilari va Yakkasaroy tumani 319-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligi

2022  yil  29-mart kuni Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.K.Ismailov va   katta o’qituvchi  D.O.Kamalovalarning tashabusi bilan  Toshkent Farmatsevtika instituti Kasb ta’limi yo’nalishi 501-Ab guruh talabalarini 5-yil davomida o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarini o’quv faoliyatini boshqarish, tashkillashtira olish mahoratlarini maktabdagi biologiya, ximiya va boshqa fanlarda ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan olib borish orqali nazariy va amaliy jarayonlarni integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Yakkasaroy tumani 319-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

  Bir kunlik tashrif davomida Farmatsiya fakulteti Kasb ta’lim yo’nalishining 501-Ab guruhning  talabalari ximiya fanidan 10-sinf o’quvchilariga  “Nitrobiriklmalar. Olinishi va xossalari” ,  biologiya fanidan 9-sinf o’quvchilariga “Noallel genlarning o’zaro ta’siri”  va informatika fanidan 6-sinf o’quvchilari uchun “Taqdimotlar yaratish” kabi mavzular yuzasidan mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik metodlar, didaktik va texnik vositalarda, didaktik qonun-qoidalarga, tamoyillarga amal qilgan holda tashkillashtirdilar.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating