Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-02-02 04:56:34
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti "Kuzatuv kengashi" o'z faoliyatini boshladi

 

2021 yilning 24 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-60-sonli qarori imzolandi. Ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tugatilib, tarkibining kamida 10 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo'lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining "Kuzatuv kengashlari" tashkil etish ko'zda tutilib, Kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari belgilab berildi.

Shu munosabat bilan Toshkent farmatsevtika institutida joriy yil yanvar oyida "Kuzatuv kengashining" ilk majlisi Zoom platformasi orqali video-konferensiya shaklida bo'lib o'tdi. Kuzatuv kengashining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tavsiya etilgan.

Unga ko’ra:

S.H. Kariyev – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori, Kengash raisi;

U.Y.Sabirov – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari;

K.S.Rizayev – Toshkent farmatsevtika instituti rektori, Kengash kotibi.

Kengash a’zolari:

U.S.Salixbayeva – “Dori-Darmon” Aksionerlik kompaniyasi boshqaruv raisi;

M.M.Xamdamov – Dori vositalari standartlash ilmiy markazi direktori;

S.R.Madjitov – “Bo‘stonliq-farm” Erkin iqtisodiy zonasi direktori;

 A.A.Alferova – CHEK MCHJ “Nobel Pharmsanoat” moliya ishlari bo‘yicha direktori;

A.K.Mirsoatov – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi;

N.S.Atabekov – O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari;

N.Egamberdiyev – "Beta UBK International" qo‘shma korxona-mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori;

 S.R.Isonbayev – “Dentafill Plyus” xususiy korxonasi bosh direktori  Kengash a'zolari sifatida tasdiqlanishdi.

Yig‘ilish Kuzatuv kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.H.Kariyev tomonidan ochib berildi. Toshkent farmatsevtika instituti Kuzatuv Kengash a’zolari tarkibi barchani tanishtirish, Nizomini muhokama qilish hamda tasdiqlash kabi masalalar bilan boshlandi. Shundan so'ng kun tartibiga qo'yilgan quyidagi masalalar muhokamasi va taqdimotlar namoyish etildi:

§     Toshkent farmatsevtika institutida farmatsevt kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida;

§     “Toshkent farmatsevtika institutida kredit-modul tizimiga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha Nizom” loyihasini muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risid;.

§     Toshkent Farmatsevtika institutining talabalariga stipendiyalar tayinlash, to‘lash va talabalar jamg‘armasini shakllantirish to‘g‘risidagi Nizom muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risida;

§     Toshkent Farmatsevtika institutining professor-o‘qituvchilari, boshqa toifadagi xodimlari va talabalarni budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom muhokama qilish va tasdiqlash va yana bir qator masalalar muhokamasi va taqdimotlar bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi.

Yig'ilish so'ngida barcha taklif va mulohazalar tinglanib, Kuzatuv kengashi nizomi tasdiqlashga tavsiya etildi. Kengash  faoliyati shu tarzda o'z ishini boshladi!

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating