Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-10 14:48:34
  • 6 comments
Zamonaviy biotexnologiya: dolzarb masalalar, innovatsiyalar va yutuqlar

2021 yil 6 dekabrda Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasi tomonidan “Zamonaviy biotexnologiya: dolzarb masalalar, innovatsiyalar va yutuqlar” mavzusida xorijiy ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarni Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov ochib berdilar. O‘zR FA Genomika va bioinformatika ilmiy markazining ilmiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich, Moskva Davlat ijtimoiy-texnologik universiteti farmatsevtika fakulteti dekani, dotsent Kiseleva Valentina Alekseyevna hamda Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti Biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Kolodyaznaya Vera Anatolevna tabrik so‘zi bilan qatnashib, biotexnologiya sohasi bo‘yicha tashkil etilgan seminarda ishtirok etayotganliklaridan mamnunligini bildirdilar.

 

 

 

Seminarda qator xorijiy va mahalliy oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Shu jumladan: Chungbuk Milliy universiteti professori Yong-Moon Lee (Janubiy Koreya) , Toyo universitetining Bio-nano elektroniks tadqiqot markazi professori M. Sheikh Mohamed (Yaponiya) , Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti Biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Kolodyaznaya Vera Anatolevna, Moskva Davlat ijtimoiy-texnologik universiteti farmatsevtika fakulteti dekani, dotsent Kiseleva Valentina Alekseyevna va professor Minisa Abdullayevna Xanina, V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov Davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtik texnologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti Galina Anatolevna Kutuzova,, B.N.Yelsin nomidagi Ural federal universitetining 1-kurs magistranti Irina Viktorovna Nikonnen (Rossiya Federatsiyasi), Laxore universiteti doktoranti Muhammad Asim Farooq (Pokiston), Chengdu Biotexnologiya tadqiqot instituti hodimi Xolikov Bobur (Xitoy), Gonkong Xitoy universiteti talabasi Subhankar Mukhopadhyay (Xitoy)lar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

Bundan tashqari. O‘zR FA Bioorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti professori Sagdullayev Baxodir Toxirovich, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Biotexnologiya kafedrasi professori Tashmuxamedov Me’rojiddin Salaxovich, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutining doktoranti PhD Ashirov Oybek Norboy o‘g‘li kabi Respublikamizda biotexnologiya sohasining yetakchi mutaxassislari o‘z ilmiy ishlanmalari va ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha taqdimotlari bilan qatnashib, biotexnologiya sohasida tajriba almashinishdi. Seminar muxokamaga boy va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating