Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-12-03 13:56:11
  • 6 comments
Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq

Bugun, Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti va bo'limlar tashabbusi bilan 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvda Toshkent Shahar  Olmazor tumani 1-sonli IIB katta inspektori S.E.Artiqov, Toshkent Shahar  Olmazor tumani IIB profilaktika inspektori SH.H.Boymetov, Toshkent Farmatsevtika instituti Jismoniy va yuridik shaxslari bilan ishlash. Nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i H.I.Abdurahmanov, Toshkent Farmatsevtika instituti   Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.M.Mirzarahimov, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri H.O.Nuraliyeva hamda institut professor-o‘qituvchilari va  talabalari ishtirok etishdi.

 

 

Mutaxassislar tomonidan mavzu atroflicha yoritilib tushunturish ishlari amalga oshirildi. Xususan, Toshkent Shahar  Olmazor tumani 1-sonli IIB katta inspektori kapitan S.E.Artiqov Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo'yicha talaba yoshlarga oliy talimda korrupsiyani oldini olish borasida ko'rsatmalar berib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qaratilgan qonunlarni va Korrupsiyaga katta e'tibor berayotganliklarini ta'kidlab, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida batafsil tushuncha berib o'tdi. 

 

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.M.Mirzarahimov "Manfa'atlar to'qnashuvi tushunchasi va Nepotizim" nimaligi haqida gapirib o'tdi. Qolaversa, Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

 

 

Davra suhbati davomida talabalar  faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan to‘liq javoblarni oldilar.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating