Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent Farmatsevtika instituti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasining hamkorlik doirasida 2021-2022o’quv yili uchun rejalashtirilgan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 16 noyabr sanasida O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistentlari Toshkent farmasevtika instituti qoshidagi akademik litsey 2/4 guruh talabalari uchun “Healthy food” mavzusida mahorat darsi o’tib berishdi. М.А.Tashtemirova va R.N.Otabekova darsning boshida talabalarni qiziqtirish uchun mavzuga doir topishmoq berishdi va savol javob qilishdi.Ular ingliz tilida bilgan ilmlarini takrorlashdi va ko’proq bilmagan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.Dars qiziqarli o’yinlar bilan talabalarni yanada jalb qilishga qaratildi. Turli hil ingliz tilini tushuntirish yo’lidagi metodlar bilan talabalar ongiga tez yetkazildi va ular bundan mamnun bo’lishdi. Hattoki o’qituvchilar ham dars jarayoniga qiziqip o’zlari uchun yangi ma’lumotlar olishdi. Dars so’ngida faol talabalar baholandi va kelajakda yangi marralarni erishishda berilgan ma’lumotlar foydali ekanligi aytildi.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi