Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-11-19 09:46:30
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi va “El-yurt umidi” jamgʼarmasi hamkorligida Аrizona universiteti bilan seminar oʼtkazildi

       Joriy yilning 10 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri А.E.Аbdullayeva va “El-yurt umidi” jamgʼarmasi АQShning nufuzli Oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Аrizona universiteti bilan ZOOM platformasi orqali seminar tashkillashtirildi. 

 

Oʼtkazilgan seminardan koʼzlangan asosiy maqsad bugungi kunda dunyoning eng nufuzli OTMlari bilan oʼzaro aloqa oʼrnatib tajriba almashish va xorijiy oʼqituvchilarni Oʼzbekistondagi OTM taʼlim jarayoniga jalb etishdan iborat edi. Shu munosabat bilan, dunyo reytingi boʼyicha top 150-oʼrinni egallagan АQShning Аrizona universiteti rahbariyati va professor-oʼqituvchilari bilan tajriba almashildi. 

 

Uchrashuv davomida Oʼzbekistondagi taʼlim tizimidagi oʼzgarishlar, hamda mahalliy va xorijiy professor-oʼqituvchilarni oʼzaro tajriba almashish maqsadida dunyo standartlari boʼyicha taʼlim olishni yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy universitet professor-oʼqituvchilari АQSh taʼlim tizimi boʼyicha olib boriladigan darslardan master-klass (mahorat darslari) koʼrsatishdi va Oʼzbekiston taʼlim tizimiga mos taraflari qiyosiy oʼrganildi.

 

Uchrashuv yakunida Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri va “El-yurt umidi” jamgʼarmasi taklifiga koʼra kafedra bilan hamkorlik oʼrnatish va Toshkent farmatsevtika instituti oʼqituvchilarga master klass ,talabalarga xorijiy til boʼyicha amaliy darslarini oʼtish maqsadida Аmerika Qoʼshma Shtatlarining Аrizona universitetidan Xalqaro talabalar bilan ishlash boʼyicha direktor Lyudmila Klark Oʼzbekistonga 2021 yil dekabr oyining birinchi haftasida tashrif buyurishi xaqida kelishildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating