Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugun 18noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi.
Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi PQ-4310-sonli “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinmoqda.
Anjuman Toshkent farmatsevtika instituti rektori, t.f.d. Kamal Saidakbarovich Rizayev, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari, t.f.d. professor, Amrillo Shodiyevich Inoyatov, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Hikmatovich Kariyev, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori farm.f.d., professor Igor Anatolevich Narkevich, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, k.f.d. akademik Shavkat Ismailovich Salihov, Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti rektori farm.f.d., professor Alla Anatoliyevna Kotvitska, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O’simlik moddalari kimyosi instituti direktori t.f.d., professor Shomansur Shoxsaidovich Sagdullayev, Budapesht “Labmagister Training and Science” OAJ Bosh direktori, Dr. Endre Mikuslarning qutlov kirish so'zlari bilan ochildi.
Konferensiya davomida O'zbekiston, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Hindiston, Vengriya, Turkiya, Qirg'iziston, Qozog'iston kabi mamlakatlar nufuzli oliyohlarining 120 dan ortiq professorlari tomonidan quyidagi mavzularda plenar, seksion va devoriy ma'ruzalar amalga oshirilmoqda:
- Farmatsevtik ta’lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari;
- Sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar;
- Farmatsiyada marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash;
- Yangi dori vositalarini yaratish;
- Farmakologiya va klinik farmatsiya;
- Sud va klinik toksikologiya.
Shuningdek, konferensiya sho’balarida innovatsion yarmarka tashkil etildi. Qolaversa, 30 yoshgacha bo'lgan olimlarning ilmiy ishlari saralanib "Yosh olimlar" tanlovi doirasida munosib nomzodlarga mukofotlar topshirildi.
Butun insoniyatni 2019 yildan buyon taqib qilib kelayotgan Covid- 19 pandemiyasi va unga qarshi kurashda dunyo olimlarining o'z tajriba va nuqtai nazarlari aks etgan "Virusli kasalliklarni oldini olish, qarshi kurashish va asoratlarini davolash uchun biomolekulyar tizimli preparatlar yaratish istiqbollari" k.f.d., yetakchi ilmiy hodim Nodirali Soxobataliyevich Normaxamatov, SARS-CoV-2 virusining 3CLpro va rnk polimerazasiga bog’liq ingibirlovchi COVID-19ga qarshi dorilarni yaratish k.f.d., akademik Shavkat Ismailovich Salikhov, "pandemiya davrida farmatsevtika firmalari uchun aloqa strategiyalari" Professor Elena Evtushenkolarning ma'ruzalari anjuman ishtikchilari o'rtasida qizg'in muhokama etildi.
Xalqaro miqyosda muhokama etilgan ushbu masalalar bugungi kun farmatsiya sohasida dolzarb bo‘lib, ular yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatishga, farmatsevtika sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga oid muammolarni hal etilishiga xizmat qiladi.