Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-11-15 05:15:56
  • 6 comments
Jaholatga qarshi – ma’rifat

   Kuni kecha, Toshkent farmasevtika instituti talaba-yoshlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida soha mutaxassislari bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibot markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor J.Shermuhammedova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov, O‘zbekistor  Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi M.Kamiljanov, institut rahbar xodimlari, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, tyutorlar va talabalarning ishtirok etishdi.

 

 

Targ‘ibot tadbiriga tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida  ro‘y berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy, global axborot manzarasida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlar, yot mafkuralar ta’siri, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga tarqatilayotgan salbiy axborotlarda turli g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini yanada oshirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

Uchrashuv davomida yoshlarimizdagi ma’naviy-ma’rifiy bo‘shliqlarni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, turli tajovuzlardan himoyalash uchun avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating