Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika institutiga AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi vitse-prezidenti Xiroshi Tamaye boshchiligidagi delegatsiya vakillari: AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi bosh advokati Endo Nagoya, AOIKAI Toshkent MChJ rahbari Raxmonali Jumayev hamda rahbar o'rinbosari Farhodjon Qurbonovlar o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolarini Toshkent farmatsevtika institut rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev boshchiligidagi mezbonlar kutib olishdi.
Ushbu muloqat 2021 yil fevral oyida tomonlar aro imzolangan memorandum asosida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun tashkil etildi. Uchrashuv quyidagi masalalar muzokarasiga bag'ishlandi:
- Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'quv va ilmiy-tadqiqotlar faoliyatlarida o'zaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish;
- Rahbar xodimlar va professor - o'qituvchilar tajriba almashinuvlarini tashkil etish (yapon va o'zbek kadrlar o'zaro almashinuvi);
- Qo'shma ta'lim dasturlari asosida talabalarning Yaponiyada ta'lim olishlarini ta'minlash;
- Qo‘shma ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalar ustida ishlash bo‘yicha hamkorlar bilan kelishuvlarga erishildi!
Xalqaro hamkorlik aloqalarini turli yo'nalishlarda izchil davom ettirish, shuningdek ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga tadbiq etilishi nazorati borasida kelgusi uchrashuv joriy yilning dekabr oyida etib belgilandi.