Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika instituti hududida joylashgan 108-saylov uchastkasida erta tongdan saylov jarayoni xush kayfiyatda qizg’in boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida, karantin talablariga qat'iy rioya qilingan holda fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib o'z kelajaklari uchun ovoz bermoqdalar.
Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev ham birinchilardan 108- saylov uchastkasida o'z nomzodlariga ovoz berdilar.
Saylov uchastkasiga biriktirilgan aholi, talaba-yoshlar hamda professor-o’qituvchilar Prezident saylovida faol qatnashmoqda.
Toshkent farmatsevtika instituti hududida faoliyat olib borayotgan 108-saylov uchastkasiga Xalqaro kuzatuvchilar: Tomson Lars Peter, Gulzada Mahmadshox, Vatanzoda Mahmadali, Safarzoda Baxtova, Kastudis Masulus, Kabishkiy Dmitriy, Ivan Iliyovich, Jemixovskaya Anna, Axmedov Mannob tashrif buyurib, Saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko'rilganligi va yuqori darajada bo'lib o'tayotganligi, fuqarolarni erta tongdan faoll ishtirok etishlari va ulardagi yuqori kayfiyat tahsinga loyiq ekanligini e'tirof etishmoqda.
Qolaversa, mahalliy hamda xorijiy OAV tarmoqlari ( Rossiya "Sputnik" Axborot agentligi, gazeta.uz, O'zbekiston 24) blogerlar tomonidan jarayon yoritilib, 108- saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda!