Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmasevtika instituti Analitik kimyo kafedrasi mudiri dos.M.Fatxullayeva, dos.B.I.Muxamedova, assistentlar A.S.Gaziyeva, G.U.Po‘latova va F.I. Abdiyevalar Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘iniga 2021 yil 24 sentyabr kuni navbatdagi tashrifi Analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashrif buyurib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.L.Luqmonova va a'zolari bilan birgalikda mahallada olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.
“Chinor” mahallasida “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar Mirobod tumani Chinor mahallasi MFY raisi v.v.b. M.L.Luqmonova, maxalla faollari va bir qator fuqarolar bilan “O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yil 24 oktyabr' kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 23 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilindi. Markaziy saylov komissiyasi 2021 yilning 24 oktyabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kuni, deb belgiladi. Saylovlarda 5ta partiya – «Adolat» Sosial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi (O‘zLiDeP), Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya o‘z nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega bo‘ladi. Alisher Qodirov — «Milliy tiklanish» DP, Bahrom Abduxalimov — «Adolat» SDP, Aktam Hayitov — O‘zLiDeP, Ulug‘bek Inoyatov — XDP, Narzullo Oblomurodov — Ekologik partiya.
Prezident saylovini O‘zbekiston fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradi. Ushbu lavozimga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston prezidenti besh yil muddatga saylanishi va shu kabi mavzularga suhbat jarayonida batafsil to'xtalib o'tildi.