Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
2022 yil oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi
TAYANCH DOKTORANTURA (PhD):
(ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o‘qish uchun)
15.00.01 - Dori texnologiyasi;
15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
15.00.03 - Farmatsevtika ishini tashkil etish.
Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:
· ariza;
· qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
· mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
· oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
· nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
· O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etiladi;
· Ilmiy raxbarning yozma roziligi;
· pasport nusxasi
· 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
Tayanch doktorantura (Phd)da o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarinitopshiradi.
DOKTORANTURA (DSc):
(ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o‘qish uchun)
15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya
Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:
· ariza;
· qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
· mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
· oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
· nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
· Ilmiy raxbarning yozma roziligi;
· pasport nusxasi
· 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
Doktorantura (DSc) da o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIK:
(ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda o‘qish uchun)
15.00.01 - Dori texnologiyasi;
15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
15.00.03 - Farmatsevtika ishini tashkil etish;
14.00.17 - farmakologiya va klinik farmakologiya.
Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:
· ariza;
· qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
· mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
· falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
· fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
· nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (PhD);
· nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (DSc);
· ilmiy maslaxatchining yozma roziligi;
· pasport nusxasi
· 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
· Ish joyidan tavsiyanoma.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 2021 yil 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Xujjatlarni qabul qilish muddati: 2021 yilning 15 oktyabrigacha.
Kirish imtihonlari 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71-256-39-54 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
http://www.phd.mininnovation.uz. tizimidan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Manzilimiz: Toshkent shaxri, Oybek ko‘chasi, 45-uy, Toshkent farmatsevtika instituti, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.