Toshkent farmatsevtika institutida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi
O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligining 2019 yil 26 iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.
Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d. K.S.Rizayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d. N.S.Normahamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi.
Har bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida batafsil suhbatlashildi.