Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugungi globallashuv davrida, barcha jabhalarda har on har soniya rivojlanish va o’sish kuzatilayotgan ayni zamonda yoshlarning ong-u shuuri, dunyo qarashi, taffakur olami, intelektual salohiyati, mustahkam bilim olishlari eng muhim masala bo’lib qolmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega” – deyishlari ham bejiz emas, albatta.
Yorqin kelajak uchun ilk qadamni tashlagan Toshkent farmatsevtika instituti birinchi bosqich talabalari uchun ham yana bir quvonchli, unutilmas kunda “Talabalikka bag’ishlov” tadbiri tantanali ravishda bo’lib o’tdi.
Unda talabalikka qabul qilingan yoshlar va institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshlari hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida institut rektori Kamal Saidakbarovich Rizayev talabalarni ushbu baxtga musharraf bo’lganliklari bilan chin dildan samimiy qutlab, o’zlarining talabalar uchun ochilgan shaxsiy sahifalari orqali haftada uch kun mobaynida ularni qiziqtirgan savollariga javob berishlarini ma’lum qilib o’tdilar. Qolaversa, mamlakatimizda yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, institutda ularning har tomonlama sifatli va mukammal bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar haqida nutq so’zlab tadbirni ochib berdilar.
Shundan so’ng, O’quv ishlari bo’yicha prorerktor Zokirjon Abidovich Yuldashev institut tarixi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan talabalarni tanishtirib o’tdi. Institut o’quv binolarida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari tufayli yuzaga kelayotgan biroz noqulayliklar vaqtincha ekanligi, tez kunlarda barcha sharoitlarga ega, eng yuqori dizayndagi binolarda ta’lim olishlarini bildirdilar.
Boshlovchi tomonidan barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari birma-bir talabalarga tanishtirib o’tildi va barcha savollar yuzasidan har bir mas’ul hamisha yordamga tayyor ekanliklari takidlandi.
Tadbir davomida institut faxriylari ham so’zga chiqib, talabalalarga o’z faoliyatlari davomida bo’lib o’tgan voqealarini xotirlab, muvaffaqiyatlar tilashdi. Ushbu tadbir Yoshlar uchun motivatsion ruh bag‘ishlabgina qolmasdan, bugun tashlagan qadamlari ertaga ularning kelajakdagi faoliytlari hamda istiqbolli maqsadlari uchun zamin hozirlashini anglab yetishdi. Yangi o‘quv yili oldidan uyushtirilgan ushbu tadbir yoshlarda o’zlariga yanada kuchli ishonch va hush kayfiyat bag’ishladi.