Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2021 yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti A.A.Nurmuxammedov hamda Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i X.I.Abduraxmonovlar 2021yilning 26-31 avgust kunlari Toshkent shahri Yangihayot tumani “Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mahallada istiqomat qiluvchi aholining siyosiy madaniyatini oshirish maqsadida ochiq muloqot suhbatlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy siyosiy voqea hisoblanadi. Mamlakatimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi davlat rahbari lavozimiga eng munosib nomzodni saylash bu jarayonda saylovchilar qabul qiladigan qarorga bog‘liq. O‘zbekistonda Prezident bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq, fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni demokratik tarzda ochiq va oshkora o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi haqida mahalla aholisiga tushuntirishlar berildi.