Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-06 11:25:13
  • 6 comments
Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi "Tibbiyot va farmatsevtika ta'limini va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4310 sonli Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini to'laqonli bajarish, o'quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni keng jalb etishni ta'minlash maqsadida,

Institut Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i K.T.Alijonova hamda Farmakognoziya kafedrasi mudiri N.T.Farmanovalar tashabbusi bilan Biruni universiteti hamda Toshkent farmatsevtika instituti o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.

 

 

 Joriy yil 11 avgust sanasidan 16 avgustga qadar Farmakognoziya kafedrasi mudiri N.T.Farmanova Istanbul shahrining Zaytinburnu tumanida joylashgan Biruni universitetida bo'lib qaytdilar.

 

Ushbu universitet Tibbiyot, farmakologiya, matematika, fizika, geografiya va tarix fanlarini mukammal o’zlashtirgan ulug' inson Abu Rayhon Al-Beruniy nomi bilan qisqacha Biruni universiteti deb ataladi. Universitet 2014 yil 27 fevraldan boshlab talabalarga sog'liq va tibbiyot yo'nalishlari bo'yicha ta'lim berib kelmoqda.

 

 

Ta'lim va ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida tomonlar quyidagi yo'nalishlarni hamkorlikda ishlab chiqishga kelishib oldilar:

 

 1) hamkorlikda tadqiqotlar, ma'ruzalar, simpoziumlar  va unga oid tadqiqotchilarning almashinuvi kabi tadbirlarni tashkil etish;

 

2) har ikki tomon uchun ham qiziqish uyg'otadigan, farmatsevtika sohasida axborot va materiallar almashish;

 

3) bakalavriat va magistratura talabalari almashinuvi,o'zaro uzluksiz ta'lim kurslarini tashkil etish;

 

4) ilmiy nashrlar va axborot almashinuvi;

 

5) zamonaviy texnologiyalar va elektron resurslardan keng foydalanib, talabalar, magistrlarning amaliyotda faolligini , ta'lim jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shma o'quv dasturlari va namunaviy dasturlar ishlab chiqish;

 

 6) telemeditsina va masofaviy videokonferensiyalarni qo'llab-quvvatlash;

 

 7) bitiruvchilarga ikkita oliy o'quv yurtining diplomlari berish bilan birgalikda qo'shma farmatsiya fakulteti va qo'shma magistraturaning ochilishi;

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating