Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-06 09:39:35
  • 6 comments
Yangi o'quv yili "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi!

Bugun erta tongdan, yurtimiz bo'ylab barcha  oliy ta'lim muassasalarida 2021/2022 o'quv yili boshlandi.

 

 

Ayni damda, Toshkent farmatsevtika institutiga talabalikka tavsiya etilgan  yoshlar  ham ta'lim dargohida katta hayajon va umidlar ila tanishtiruv haftaligini mustaqillik darslari bilan boshlashdi.

 

 

Bir hafta davomida talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlar, murabbiylar boshchiligida "birinchi kurs maktabi" doirasida institut faoliyati bilan yaqindan tanishtiriladi!

 

 

Yangi o'quv yilining ilk kunida institutning barcha guruhlarida "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik"! shiori ostida Mustaqillik darslari o'tkazilmoqda.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating