Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-09-06 09:29:26
  • 6 comments
Xarkov milliy farmatsevtika instituti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Ukraina Respublikasida joylashgan Xarkov milliy farmatsevtika  universiteti  bugungi kunda yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda, sohada ilm-fanni rivojlantirishda, farmatsevtika sanoatida raqobatdosh ilmiy ishlanmalarni joriy etish bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi.

Milliy farmatsevtika universiteti Yevropa farmatsiya fakultetlari uyushmasining a'zosi, xalqaro farmatsevtlar federatsiyasi , Magna Universitetlari Chartasi, Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi va yana bir qator nufuzli tashkilotlar a'zosi hisoblanadi.

Ayni kunlarda universitet dunyoning 37 mamlakatining 77 universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti rektori Kotvitska Alla Anatoliivna tomonidan, 2021 yil 10 sentyabr kuni universitet  100 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbiriga  Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev taklif etildi .

Shu munosabat bilan joriy yil 6 sentyabrdan 13 sentyabrga qadar institut rektori K.S.Rizayev boshchiligida  Amaliyot ishlari bo'yicha  prorektor X.G.Ganiyeva hamda Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Y.S.Kariyeva  xizmat safari yuzasidan Ukraina davlatiga jo'nab ketadilar!

Tashrif davomida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, farmatsevtika sohasida salmoqli natijalarga erishish, ikki tomonlama tajriba almashishni tizimli yo'lga qo'yish va yana bir qator muhim masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish ko'zda tutilmoqda.

Taklif va mulohazalaringizni jonating