Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda.
Shu xususida, bugun 30 avgust sanasida Toshkent farmatsevtika institutiga Misr Arab Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi bosh maslahatchisi janob Axmed Abdelaziz boshchiligida Mansurov Baxtiyor, Raipov Zoir hamda Eshmanova Salima kabi muhtaram mehmonlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni institut rektori, t.f.d., K.S.Rizayev mamnuniyat bilan qabul qildi. Muzokaralar jarayonida maslahatchi Axmed Abdelaziz tomonidan Misr Arab Respublikasidagi mavjud tibbiyot va farmatsevtika oliygohlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va har ikki mamlakat oliy ta'lim tizimida manfaatli natijalarga erishish yo'lida bir qator takliflar muhokama uchun taqdim etildi.
Jumladan:
▪️Akadem almashinuv dasturlarini tashkil etish (uzoq- qisqa muddatli professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvi)
▪️Stajirovka o'tash kavalifikatsiyasini sezilarli darajada ko'tarish;
▪️Klinik va diagnostik izlanishlar hamda biokimyoviy analzlarni amalga oshiruvchi labaratotriyalar tashkil etish;
▪️Talabalar uchun scholarship grant dasturlarini ishga tushirish va yana bir qator masalalar.
Uchrashuv yakunida galdagi vazifa etib ikki tomonlama memorandum imzolash va aloqalarni yanada mustahkamlash belgilab olindi.