Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-17 10:09:20
  • 6 comments
Besh tashabbus: Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash

 

 

Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarining katta qismini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi. Aholining 49,7 foizi hamda mehnat resurslarining 45 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, yurtimizdagi ijtimoiy masalalarning aksariyati ular hayoti  bilan chambarchas bog‘liq.

 

 

Prezidentimiz yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus doirasida  xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini alohida e’tiborga olinganligi ham bejiz emas, albatta. Shu xususida, Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi B.X.Boltayeva boshchiligida institutga biriktirilgan mahalla xotin-qizlari hamda talaba-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tikuvchilik- to‘quvchilik, pazandalik sirlari yo‘nalishlarida qizlarga saboq berib kelinmoqda.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating