Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-16 07:01:02
  • 6 comments
“Zakovat” ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar taqdirlandi

Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori I.R.Sagatov, Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova hamda institut Matbuot kotibi Sh.B.Umarovalar ishtirokida “Zakovat” ligasining 2020/2021 o‘quv yilidagi yakuniy bosqich g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tanlovning tashkiliy amaliy ishlarida faolligi uchun Biotexnalogiya kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Qayumov va Biotexnalogiya kafedrasi assistenti M.Sayliyevlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qolaversa, ligada yil davomida faol ishtirok etgan Alkimyogar; The Best; Brain jamoalari;  3-o‘rinni egallagan “Creative” jamoasi  , 2-o‘rinni egallagan “Zukkolar” jamoasi ham diplom va esdalik sovg‘alar bilan qutlandi. Eng yuqori natijani egallagan mutloq g‘olib  “Parvoz” jamoasi Zakovat ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating