Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-15 06:59:18
  • 6 comments
Kitobxonlik – besh tashabbus asosi

 

 

Avval xabar berganimizdek, “Besh tashabbus” asosida talaba yoshlar hamda institut rahbaryatiga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar  bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklar tashkil etildi. Besh tashabbus asosi bo‘lmish kitobxonlikni targ‘ib etish, Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning kitob bilan yanada yaqin  do‘st bo‘lishi uchun shakillantirilgan guruhda jadal ishlar boshlab yuborildi.

 

 

To‘garak qatnashchilari institut kutubxonasida mavjud bo‘lgan ilmiy va badiiy adabiyotlar orqali o‘z bilimlarini yanada mustahkamlab, rivojlantirib borishmoqda.

 

 

Toshkent farmatsevtika institutining Axborot Resurs Markazi fondi katta hajmni tashkil etadi. ARM fondi davlat, rus va chet tillaridagi 367343 kitobga ega. Fond o‘z tarkibiga ko‘ra xilma-xil: darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy, badiiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, diplom ishlari, ma’ruza matnlari, vaqtli matbuot, shuningdek CD disklar, videokassetalar (ilmiy va o‘quv adabiyotlarning elektron versiyalari) dir. Kitoblar orasidaXVII – XIX asrlar farmatsiyasiga doir nodir nashrlarni ham bugungi kun zamonaviy adabiyotimiz durdona asarlarini ham topish mumkin.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating