Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-14 11:43:11
  • 6 comments
Farg‘ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tadbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston respublikasi gender tenglik komissiyasi hamda “mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan 2021 yilning 14 iyun kuni Farg‘ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tadbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-treningi o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi T.K.Narbayeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H.Toshqulov, Farg‘ona davlat universiteti rektori B.SH.Shermuhammadov nutqlari bilan ochildi.

Seminar ikki kunlik dasturni o‘z ichiga oladi.

 

 

Birinchi kun bo‘lib o‘tgan seminar–trening davomida quyidagi ma’ruzalar tinglandi:

“Gender tenglikka erishish strategiyasi-mazmun-mohyati” Oliy Majlis  Senati qo‘mita raisi M.A.Kadirxonova;

 “Mahalla va oilada gender tenglikni ta’minlashning ma’naviy-ahloqiy asoslari” “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot insituti direktor o‘rinbosari, prof.O.Musurmanova;  

“Hadislarda ayollarga  hurmatli  munosabatning ifodalanishi” Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i F.Abdurahmonova;

 “Oila-turmush doirasida jinoyatlarning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar” Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i U.Abdullayeva;

“Gender tenglikni ta’minlashning huquqiy asoslari”  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yuriskonsulti R.Suleymanova

Tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi B.X.Boltayeva ham faol ishtirok etmoqda.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating