Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-08 08:37:15
  • 6 comments
Institut “Zakovat” ligasining 2020/2021 o‘quv yilidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

 

2021 yil 5 iyun kuni Toshkent farmatsevtika instituti 4-o‘quv binosida institut “Zakovat” ligasining 2020/2021 o‘quv yilidagi yakuniy bosqichi (so‘nggi turi) bo‘lib o‘tdi. So‘nggi bosqichga yozuvchi va kino senariychi Azamat Qorjovov mehmon sifatida taklif etildi va yil davomida ilg‘orlikni qo‘ldan boy bermay kelayotgan jamoalarni qo‘llab quvvatladi.

 

Mazkur “Zakovat” ligasida “Creative” jamoasi  3-o‘rinni, “Zukkolar” jamoasi 2-o‘rinni, ligada eng yuqori ball to‘plagan “Parvoz” jamoasi esa 1-o‘rinni egalladi va Zakovat ligasi kubogi sohibi sifatida 2020/2021 o‘quv yili mutloq chempioniga aylandi.Har bir jamoa qimatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating