Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-08 06:16:00
  • 6 comments
"Maʼnaviyat fidoiysi" ko‘rik-tanlovning institut bosqichi g‘oliblari aniqlandi

 

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2021 yil 29 yanvarda tasdiqlangan Yoshlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida institut xodimlari o‘rtasida “Maʼnaviyat fidoiysi” ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi. Tanlov Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari o‘rtasida olib borildi. Ishtirokchilarning chiqishlari va belgilangan tartibdagi hujjatlari Hakamlar hayʼati tomonidan xolis baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini Аbduraxmonov Xasan Ibroximovich, 2-o‘rinni  Farmatsiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Tagbaev Аmirbek Аshirbayevich hamda 3-o‘rinni Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi Yusupova Nigora Erkinovna qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblari institut rektori tomonidan estalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating