Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-07 10:36:45
  • 6 comments
Buyuk rus adibi Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 222 yilligi

 

Kuni kecha poytaxtimizda buyuk rus adibi Aleksandr Sergeyevich  Pushkin tavalludining 222 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir  bo‘lib o‘tdi. Shoir haykali qarshisiga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, o‘qituvchi va talaba-yoshlar  tashrif  buyurishdi. 

Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi mudiri To‘ychiyeva Saodat Meliqo‘ziyevna  boshchiligida Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs talabalari ham tadbirda faol ishtirok etdilar. A.S.Pushkinning she’rlari, ertaklari, hikoya, qissalari, ballada va romanlari o‘zbek kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi , uning deyarli barcha asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingani ham bejiz emas.Tadbir davomida ham Pushkin sheʼrlaridan namunalar oʼqildi hamda Rus milliy madaniyat markazi qoshidagi badiiy jamoa tomonidan musiqiy kompozitsiya namoyish etildi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating