Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-07 09:35:01
  • 6 comments
BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

 

                 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchilar va taniqli ziyolilarni mahallalarga biriktirish taklifini bergandi. Qolaversa, “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 6208-sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida,  institut rahbariyatiga biriktirilgan Mirobod tumanidagi, “Yangi Mirobod” mahalla aholisi o‘rtasida Аholi xususan, yoshlar muammolarini bartaraf etish va kambagallikni qisqartirish”, “Аholini tadbirkorlikka jalb etishning ustivor yo‘nalishi” va “Mahalla aholisini eshitish, ularni  qiynab kelayotgan  masalalar yechimini topish yuzasidan  ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar bilan ishlash boyicha prorektor Sagatov Ibrohim Raufovich, Mirobod tuman hokim orinbosari Madaminova Feruza Vohidovna, Mirobod tumani IIOFMB boshligining XP bo‘yicha orinbosari Mirzayev Sherzod Valisherovich ishtirok etib, aholi murojatini tinglashdi.

Ochiq muloqot jarayonida mahallada tashkil etilgan Makro savdo majmuasi, Lor Plus tibbiy markazi rahbarlari ham aholini qiziqtirgan savollariga javob berib, kelgusida o‘z tadbirkorlik faoliyatlari orqali mahallaning yanada takomillashuvi yo‘lida xizmat ko‘rsatishlarini ma’lum qildi. Ochiqlik va oshkoralik tamoili asosida o‘tgan suhbat davomida mahalla aholisi  o‘zlarini qiynab kelayotgan  barcha muammolar va  savollariga  ma’sul xodimlar tomonidan yetarlicha javob topishdi. Hamda aholi bilan birgalikda aniqlangan muammolar yechimi  yuzasidan bir qator reja va takliflar ishlab chiqildi.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating