Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-04 11:05:37
  • 6 comments
Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi xodimlari “Barotxo‘ja” mahallasida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi  “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar “ to‘g‘risidagi 6208-sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti  “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi xodimlari I.X.Rustamov, G.M.Ismoilova, D.O.Raximova, B.J.Hasanovlar Toshkent shahar  Mirobod tumanida joylashgan  Barotxo‘ja” mahallasida  bo‘ldilar.

Mahallada  amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish  va mustahkam  hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda amalga oshiriladigan ishlar rejasini tuzish maqsadida  tashkil etilgan yig‘ilishda “Barotxo‘ja”  mahalla raisi M.Zokirov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi va mahallaning bugungi kundagi holati, temir daftariga kiritilgan ayollar ro‘yxati, uyushmagan yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar  borasida  ma’lumot berib o‘tildi , hamda   mavjud muammolar yuzasidan  amalda qo’llanilayotgan yechimlar  muhokama qilindi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating