Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-04 06:43:25
  • 6 comments
Hurmatli institutimiz jamoasi: kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-son qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan “Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 22-bandida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida Institut miqyosida  "Islohatlar bilimdoni" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 Korik-tanlovning asosiy maqsad va vazifalari:

Pedagog xodimlar va talaba-yoshlarni malakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida xabardor qilib borish, institut faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, axborot erkinligini taʼminlashdek demokratik islohotlarni chuqur o‘rganish, shuningdek, O‘zbekistonda uchinchi Renessansning poydevori qo‘yilganligiga ijtimoiy munosabatni hamda yurt tinchligi, vatan ravnaqini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan yutuqlarga nisbatan dahldorlik tuygʼusini, mafkuraviy immunitetini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Korik-tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

 “Eng faol milliy g‘oya va maʼnaviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi;

 “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi;

 “Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi;

 “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi;

 “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi.

Ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institut “Ijtimoiy kafedra”, “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat” boʼlimi, “Murabbiylar kengashi”, “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi”, Kasaba uyushma qo‘mitasi va fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etiladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan professor-o‘qituvchilar, murabbiylarni 2021 yil 7 iyun kuni soat: 13-00 da 1-sonli TTJ kutubxonasida tashkil etiladigan tanlovga taklif etamiz.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating