Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-06-02 07:48:21
  • 6 comments
Respublika Yosh olimlar kengashi a’zosi hamda “Qizlar Ovozi”maktabi kordinatori "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" deb topildi

 

Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat Farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi Allanazarova Mohira Baxtiyor qizi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" g'olibi deb topildi. Allanazarova Mohira Qozogiston Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari ortasida otkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida birinchi oringa loyiq korilib, oltin medal bilan taqdirlandi. U Respublika va Xalqaro miqyosda o’tkazilgan 10 dan ortiq ilmiy va ijtimoiy loyihalar muallifi va tashkilotchisi. Hozirga qadar 40 dan oshiq ilmiy-maqolalari, tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi nashrlarda e’lon qilingan, to‘plamlarga kiritilgan. Shuningdek Respublika Yosh olimlar kengashi a’zosi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating