Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
1949-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro ayollarning demokratik federatsiyasi kongressida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni etib belgilandi. Ushbu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior ilk bor yangradi. Beshavqat urushning xunrezliklaridan so’ng bolajonlar sog‘ligi,tinch, xotirjam va quvonchli hayotini ta’minlash dolzarb edi o‘shanda. Albatta, bugungi tinch farovon yurtimizda yashayotgan ertamiz egalari hammadan baxtli bo’lishlariga shubha yo‘q.
Bundan tashqari, bolalarga bag‘ishlangan quyidagi bayramlar ham mavjud:
Xalqaro bolalar kuni (20-noyabr);
Xalqaro aybsiz bolalar – tajovuz qurbonlari kuni (4-iyun);
Afrika bolalarini himoya qilish kuni (16-iyun).
Bolajonlar kulgusi, quvonchi har narsadan muhim eng oliy baxt, nafaqat bugun balki hamisha o‘sib kelayotjan jajji yurakchalarni asrab himoya qilishimiz, ularga har kuni har on faqat va faqat mehr berishimiz zarur.