Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-31 09:55:22
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika institutida Zakovat Intellektual o‘yinining 5-turi bo‘lib o‘tdi

 

   Joriy yilning 28-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida Zakovat Intellektual o‘yinining 5-turi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi o‘yin o‘zining qiziqarli savollari va turnir jadvalining keskin o‘zgarishi bilan esda qolarli bo‘ldi. 

   

Ushbu turgacha 42 ochko bilan beshinchi o‘rinda ketayotgan "Parvoz" jamoasi bu o‘yinda 16 ochko yig‘ib, ja’mi 58 ochko bilan turnirda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Butun turnir davomida asosiy raqobatchilar bo‘lib kelayotgan "Zukkolar" va "Creative" jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘ringa tushib qolishdi.

"Alkimyogar" va "Brain" jamoalari oxirgi savolga qadar 6 tadan ochko olib, teng natija namoyish etib kelayotgan edi. Ammo, oxirgi, uch ochkolik savolga "Alkimyogar" jamoasi vakili aniq javob berishi ularning "Brain" jamoasidan o‘zib ketishlarini ta’minladi. E’tiborga molik jihati shundaki, uch ochkolik savolga faqatgina "Alkimyogar" jamoasi ishtirokchisi to‘g‘ri javob berdi. Boshqa jamoalarga nisbatan bitta kam o‘yin o‘tkazgan

 

"The Best" jamoasi ushbu turda 5 ochko oldi va hozir ja’mi 35 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.Yorqin lahzalarga boy o‘tgan o‘yinning so‘ngida, faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi. Keyingi, 6-tur turnirning so‘nggi o‘yini bo‘lib, o‘z nomi bilan final maqomiga teng hisoblanadi. Hozirgi turnir jadvaliga qarasak, jamoalar bir-biriga ancha yaqin joylashgan. Barchada chempionlik uchun imkoniyat mavjud.

 

"Parvoz" o‘zining ushbu holatini saqlab tura oladimi,"Creative" va "Zukkolar" o‘tgan xatolardan xulosa chiqarib, yuqoriga ko‘tarilishadimi? "Alkimyogar" o‘zining birinchi turdagi darajasini namoyish qila oladimi? Yoki professor-o‘qituvchilardan iborat "Brain" jamoasi tashabbusni o‘z qo‘liga oladimi? Balki, "The Best" yakunda keskin o‘zgarishlar qilib yuborar? Bularning barchasini 4-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida bilib olamiz. 

 

Finalning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash uchun tashkilotchilar harakatni boshlab yuborishgan. Chempionlar uchun qimmatbaho sovg‘alar ham tayyor. Turnirda qatnashayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz va finalda yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga tilakdoshmiz.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating