Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Yoshlar, shu jumladan talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, rag‘batlantirish, shuningdek, Toshkent shahrida barpo etilgan Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi qarori ijrosiga binoan, Toshkent farmatsevtika instituti iqtidorli talabalari orasidan Oybek nomidagi maxsus stipendiya uchun munosib nomzod aniqlandi. Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 204-“A”guruh talabasi Fayzullayev Jahongir o‘zining ilmiy izlanishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, jamoat ishlarida faolligi tufayli “Oybek nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni” bilan taqdirlandi. Institut ma’muriyati Fayzullayev Jahongirga ulkan zafarlar tilab, maxsus stipendiya sovrindorini chin dildan muborakbod etadi.