Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-28 11:38:03
  • 6 comments
Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

 

    O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Bosh prokuratura tomonidan, joriy yilning may-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarida Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalarini professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazish maqsadida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib,  mazkur tadbirlar

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura masʼul xodimlari, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan olib borilmoqda. Joriy yilning 27-may kuni Bosh prokuratura masʼul xodimlari Z.Kuchkarov va M.Axmedshayevalar Zoom platformasi orqali               

 

 

O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida o‘z maruzalarini o‘qib eshittirdilar. Seminarda  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.R.Sagatov, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.А.Cho‘lponov, Institut yuristkonsulti E.X.Sayitov, Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Аshurova hamda kafedralar professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Qolaversa, Bir qator Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ham zoom platformasi orqali faol qatnashdilar.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating