Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-28 11:21:00
  • 6 comments
Mirobod tumanida « Favqulodda vaziyatlar profilaktika kuni » munosabati bilan yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida uchrashuv tashkil etildi

 

         2021-yil 26-may sanasida Mirobod tumani Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar bo‘limining Normativ texnik bo‘linmasi boshlig‘i katta leytinant K.M.Qodirov, Favqulodda vaziyatlar akademiyasi “Fuqaro muhofazasi” kafedrasi dotsenti А.I.Boymirzayev, Mirobod tumani FVDT bo‘linmasi boshlig‘i J.Raximov, Mirobod tumani FVB 4-YoQQ maxsus jihozlangan mashina brigadasi bilan birgalikda Toshkent farmatsevtika instituti hovlisida joylashgan “avtoturargoh”ga tashrif buyurdilar.

Tadbir Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.R.Sagatov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘lim boshlig‘i M.D.Mirzaev hamda yong‘in xavfsizligi instruktori S.А.Ibodullayevlar tashabbusi bilan amalga oshirildi. Uchrashuv davomida mas’ul xodimlar talaba va qatnashchilarga amaliy mashg‘ulotlar, ko‘rgazmali qurollar orqali tushuntirish ishlarini amalga oshirdilar.

 

 

Mirobod tumani FVB inspektori katta leytinant K.Qodirov o‘z nutqlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabr kunidagi “Аholi xonadonlarida isitish tizimi yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 901-sonli qarori ijrosini taʼminlash ishlarini tushuntirib, bugungi kunda yong‘inlarni aksariyati elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqayotganligi hamda fuqarolarning is gazidan zaharlanish holatlari ko‘payib ketish natijasida tumanda joylashgan, turar joy binolari hamda muassasalar joylashgan maskanlarda,

 

FBB xodimlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinayotganligini, fuqarolarning beparvoligi, mas’uliyatsizligi hamda spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani, tamaki mahsulotlarini chekish qoidalariga rioya etmaganligi oqibatida yong‘inlar sodir bo‘layotganligini, masʼul xodimlar tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramasdan, hamon yong‘in kelib chiqish xavfi mavjud holatlar aniqlanib   kelinayotganligi haqida tushuntirib o‘tdi. Bundan tashqari Favqulodda vaziyatlar akademiyasi fuqaro muhofazasi kafedrasi dotsenti А.I.Boymirzaev, Mirobod tumani FVDT bo‘linmasi boshlig‘i J.Raximovlar tomonidan institut jamoasi hamda talabalar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlar qoidalariga rioya etish bo‘yicha maruzalari tinglandi va doimiy ravishda hushyorlikka chaqirildi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating