Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-27 16:14:52
  • 6 comments
Politexnika muzeyiga tashrif

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari  M.Rasulova, N.Aliyeva ,G.Qodirova va S.Djurayevalar  Farmatsiya fakulteti  farmatsiya yo‘nalishi  106-A, B  guruh  talabalari  bilan  birgalikda Politexnika muzeyiga  tashrif  buyurdilar. Politexnika muzeyidagi  noyob eksponatlar yoshlarda katta qiziqish va  ulkan taassurotlar qoldirdi. Bugungi kun jamiyat hayotida, xalqni o‘tmish, fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida muzeylarning o‘rni beqiyos. Shu bois, muzeylarga tashriflarni dars mashgulotlaridan tashqari vaqtda amalga oshirish ananaga aylantirilishi ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating