Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-25 13:45:20
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bitiruv tadbirlarida faol ishtirok etdilar

 

Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi   poytaxtimizdagi  Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan tadbirlarda  ishtirok etdilar. "Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri A.T.Sharipov hamda “Organik va biologik kimyo”  kafedrasi mudiri A. Karimov jamoasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 94-sonli umumiy orta ta’lim maktabi bitiruv tadbirida qatnashdilar. Tadbirda kafedra katta oqituvchisiM.B.Kasimova tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari bitiruvchi ogil-qizlariga murojaatini yetkazgan holda, yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng kolamli va chuqur islohatlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qilindi.

 

 

 

 

«Fizika, matematika va АT» kafedrasi assistenti Xalilova Sh.S. va Rasuleva M.R. 160А-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan songgi qongiroq tadbirida qatnashdilar. Tadbirda maktab direktori Nurmambetov Ruslan Reymbaevich sozga chiqib, bitiruvchilarga yaxshi niyatlar tilab, ularni faxriy yorliq, esdalik sovg‘alar bilan mukofotladilar.

 

   

 

Shu bilan birga “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri Sh.N.Madrahimov hamda “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi mudiri F.Jalilov jamoasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 83 - sonli umumiy orta taʼlim maktabida boldilar.

 

 

“Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi” mudiri S.M.To‘ychiyeva va “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” mudiri dotsent K.K.Ismailov Yakkasaroy tumanida joylashgan 319-sonli umum ta’lim maktab tadbirida ishtirok etdilar va tantanali ravishda manaviy-ma’rifiy tadbirni   ochib berdilar.

 

 

 

“Farmakognoziya kafedrasi” mudiri N.T.Farmonova hamda  “Organik sintez” kafedrasi mudiri F.Poʼlatovalar   Yakkasaroy tumanida joylashgan 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

 

“Toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri Z.Usmanalieva va “Аnalitik kimyo” kafedrasi mudiri M.Fatxullaeva  Yakkasaroy tumanida joylashgan 26-sonli umumiy o'rta ta’lim maktab tadbirida ishtirok etdilar.

 

 

“Farmatsevtika ishini tashkil qilish” kafedrasi mudiri Sh.Z.Umarova Yakkasaroy tumanida joylashgan 172-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab tadbirida  qatnashdilar.

 

 

“Farmakologiya va klinik farmatsiya”  kafedrasi mudiri R.Sultonova, “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi mudiri X.O.Nuraliyeva Mirobod tumanida joylashgan 294- sonli umum ta’lim maktabida so‘nggi qo'ng‘iroq tadbirida ishtirok etdilar.

 

“Dori vositalari sanoat texnologiyasi” kafedrasi mudiri V.R.Xaydarov, “Farmatsevtika ishlab chiqarishni tashkil qilish” kafedrasi mudiri O.Ernazarov Mirobod tumanida joylashgan 328-sonli umum ta’lim maktabiga tashrif  buyurdilar.

 

     Shuningdek tadbir jarayonida, o‘quv yili davomida institut va kafedra jamoasi bilan faoliyat olib borgan barcha maktab o‘qituvchilari, maktab direktorlari va shu maktablarning direktor o’rinbosarlariga institut rektori va kafedralar nomidan tantanali tarzda faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating