Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-25 13:24:13
  • 6 comments
Yurtimiz bo‘ylab ”So‘nggi qo‘ng‘iroq” shukuhi

 

Bugun erta tongdan , yurtimiz maktablarida katta hayajon va cheksiz umidlar ila  o‘quvchilarning  qadrdon maktablari bilan hayrlashish  tadbirlari  ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarga  Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlari  ham tashrif buyurdilar. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.R.Sagatov, Farmatsiya fakulteti dekani X.U.Usmanov Mirobod tumanida joylashgan 218-sonli  umumta’lim maktabi bitiruvchi yoshlariga  kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab,  o‘z nutqlari orqali qutladilar.

 

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, O‘zbek-Rossiya qo‘shma fakulteti dekani D.Amriddinova 60-sonli umumta’lim maktabiga hurmatli mehmonlar sifatida taklif etildilar.

 

 

     Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulovlar esa 213-sonli umumta’lim maktabining bayram dasturida ishtirok etib, yoshlarni samimiy muborakbod etdilar.

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating