Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-10 13:30:15
  • 6 comments
9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Mirobod tumani “Temiryo’lchilar” mahallasida “Xayr-saxovatli bo‘lish har birimizning burchimizdir” shiori ostida hayriya tadbiri tashkil etildi.

 

      O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yilning  22-aprel kunidagi 6/18-1/3-18-sonli topshiriq xati hamda Toshkent farmatsevtika institutining “9 may – Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish DASTURI”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida xayr-saxovat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor I.R.Sagatov va Farmatsiya fakulteti dekan muovini A.Tagbaev hamda institutning faol talabalari 2021 yil 7 may kuni Mirobod tumani “Temiryo‘lchilar” mahallasiga borishdi. “Temiryo‘lchilar” mahallasi Oq yo‘l ko‘chasi 143 uyda  istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Guseyn Mamiev bilan suxbatlashildi. SHuningdek “Temiryo‘lchilar” mahallasidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi va ularga xayir saxovat ko’rsatildi. Olib borilgan hayriya tadbirida Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Temiryo‘lchilar mahalla faollari institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating