Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-09 17:20:48
  • 6 comments
Noorganik, fizik va kolloid kafedrasi tashabbusi bilan “Xayr-saxovatli bo‘lish har birimizning burchimizdir” shiori ostida hayriya tadbiri tashkil etildi

 

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 31 dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida xayr-saxovat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shundan tadbirlardan biri institut Noorganik, fizik va kolloid kafedrasi mudiri A.T.Sharipov, dotsent N.T.Zokirova va katta o‘qituvchi M.B.Qosimovalar va bir guruh talabalar Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Tong yulduzi” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan aholi xolidan xabar olish maqsadida “Xayr-saxovatli bo‘lish har birimizning burchimizdir” shiori ostida hayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda institut Noorganik, fizik va kolloid kafedrasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan  kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi va ularga oziq-ovqat maxsulotlari, kiyim kechaklar hamda moddiy yordam berildi. Olib borilgan hayriya tadbirida Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Tong yulduzi” mahallasi faollari institut rahbariyatiga va tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar va talabalarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

 

 

  

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

Taklif va mulohazalaringizni jonating