Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yilning 22 aprel kunidagi 6/18-1/3-18-sonli topshiriq xati hamda Toshkent farmasevtika institutining “9 may – Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish DASTURI”ning hamda Toshkent farmasevtika institutida 2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institut O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan 9 may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Inson xotirasi abadiy va barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva, kafedra o‘qituvchilari va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar, she’r, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova