Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika institutining 2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 8-,9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 9 may – Xotira va Qadrlash kunining 76 yilligi munosabati bilan Fizika, matematika va AT kafedrasi o‘qituvchilari M.Rasuleva, N.Alieva va S.Djuraevalar farmatsiya fakultetining 109 A va 109 B guruh talabalari bilan G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Sayohat davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirilgani, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlagan, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalayotgan poytaxtimidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishtirildi.