Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-05-09 17:11:29
  • 6 comments
“Xotira muqaddas – inson qadri buyuk”, “Yoshlar o‘rtasida insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

 

       O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yilning  22 - aprel kunidagi 6/18-1/3-18-sonli topshiriq xati hamda 9 may — Xotira va qadrlash kuning 76 yilligi munosabati bilan 2021 - yil 7 - may kuni institutning katta faollar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova va “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurillo Choriev, va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurovalar ishtirokida “Xotira muqaddas – inson qadri buyuk”, “Yoshlar o‘rtasida insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir so‘ngida institutning Teatr jamoasi tomonidan “Xotira muqaddas – inson qadri buyuk” mavzusida sahna ko‘rinishi va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Jami 100 nafar talaba ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating