Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi 87-01-184-sonli topshiriq xati hamda Toshkent farmasevtika institutining 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri” mavzusida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Mamanov Sardor Sobirovich qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi va Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi deya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir deb ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoniga asosan Agentlikka: 2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplaens-nazorat»)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.